-->
TANLOV HAQIDA

Bolalar rasmlari milliy tanlovi O'zbekistonda taqdim etilayotgan davlat xizmatlari hamda Davlat xizmatlari markazlari faoliyati, , shuningdek, www.my.gov.uz portali, 1148 call-markazi va @davxizmataloqa_bot telegram bot orqali butun mamlakat bo'ylab davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi haqida aholi xabardorligini oshirish maqsadida o'tkazilmoqda.

NIMA QILISH KERAK?

Tanlov "Oilam uchun davlat xizmatlari" yo'nalishi bo'yicha ikki yosh toifasida o'tkaziladi:

1) 6-9 yoshdagi bolalar

2) 10-14 yoshdagi bolalar

Ishtirokchining ijodiy ishlari (skaner qilingan yoki telefon orqali sifatli suratga olingan xolatdagisi) oʻzbek, qorakalpok, rus yoki ingliz tillarida anketasi bilan birga, 2020 yil 5 maydan 30 may soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) tanlovning info@ipsd.uz elektron manziliga yoki @contest_ipsd_bot Telegram boti orqali yuborilishi mumkin.

BIZ NIMANI KUTMOQDAMIZ?

Ijodiy ishlar A3 yoki A4 formatda akvarel, qalam va boshqa boʻyoqlar bilan ishlangan boʻlishi lozim, shuningdek quyidagi yoʻnalishlaridan biri aks ettirilgan boʻlishi mumkin:

  • davlat xizmatlari markazida koʻrsatilayotgan xizmatlardan oila aʼzolarining foydalangan jarayonlari va olingan natijalar;
  • davlat xizmatlari markaziga murojat qilinishi ifoda etilgan lavxalar;
  • onlayn tarzda davlat xizmatlarini olish usullari va usullarini namoyish etish;
  • oilamning kechagi va bugungi xayotida davlat xizmatlarining tutgan oʻrni;
  • oila aʼzolarim tomonidan koʻp foydalanadigan davlat xizmatlari hamda boshqa jarayonlar.
  • JARAYON

    Gʻoliblar 3 bosqichda tanlanadi:

    1 - bosqich Mustaqil hakamlar tomonidan tanlovga kelib tushgan rasmlardan 100 tasi onlayn ovoz berish uchun tanlab olinadi va galareyaga joylashtiriladi (har bir yosh toifasidan 50 tadan, agar tanlovga 100 dan ziyod rasmlar kelib tushgan boʻlsa).1-8 IYUN 2020 yil

    2 - bosqich Oʻzbekistonning barcha aholisi tomonidan tanlovning portali www.voting.ipsd.uz orqali eng yaxshi rasmlarni tanlash uchun onlayn ovoz beriladi va eng koʻp ovoz toʻplagan 20 ta rasm (har bir yosh toifasidan 10 tadan) keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tanlab olinadi. Har bir kishi bir marta ovoz berishi mumkin.- 9-19 IYUN 2020 yil

    3 - bosqich Onlayn ovoz berish natijasida eng yuqori ball toʻplagan 20ta rasmlar orasidan mustaqil xayʼat aʼzolari tomonidan tanlovning gʻoliblari aniqlanadi.22-30 IYUNGACHA 2020 yil

    Shuningdek, eʼlon qilingan maxsus nominatsiyalar qatorida hamkor tashkilotlar Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan tashkilotchilardan qoʻshimcha toʻrt nafar gʻolib ham tanlanadi..

    TANLOV GʻOLIBLARI UChUN SOVRINLAR

    Bolalar rasmlari milliy tanlovi doirasida 12 nafar g'oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishadi:

    Birinchi oʻrin: 2 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) bittadan).

    Ikkinchi oʻrin: 4 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) ikkitadan).

    Uchinchi oʻrin: 6 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) uchtadan).

    Eng yaxshi ijodiy rasm: 2 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) bittadan) BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tanlanadi.

    Eng yorqin rasm: 2 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) bittadan) Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan tanlanadi.

    Ragʻbatlantiruvchi sovrinlar: 8 nafar (onlayn ovoz berish bosqichida keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tanlangan, lekin sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritmagan ishtirokchilar).

    KEYINGI QADAMLAR

    Iltimos, veb-saytning "Yuklab olish" bo'limida mavjud bo'lgan milliy rasmlar tanlovi haqidagi batafsil ma'lumotlarni diqqat bilan o'qing.

    Anketani veb-saytning "Yuklab olish" bo'limida yuklab olishda davom eting, rasmga qo'yiladigan talablarni o'qing.

    Agar sizda biron bir savol bo'lsa, iltimos, veb-saytning "SAVOLLAR VA JAVOBLAR" bo'limiga murojaat qiling.

    TASHKILOTCHILAR

    Adliya vazirligi huzuridagi Davlat Xizmatlari Agentligi

    Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi Vakolatxonalari hamkorligida

    Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi

    Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi hamda Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va O'zbekistonning qishloq joylarida boshqaruv darajasini oshirish" qo'shma loyihasi

    SAVOLLAR VA JAVOBLAR

    1. UMUMIY

    S. Rasmlar tanlovida kimlar qatnashishi mumkin?
    J. Respublikamizning barcha hududlarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlarning shahar, tumanlari va Toshkent shahar) yashayotgan bolalar quyidagi ikki yosh toifasida ishtirok etishadi: 6-9 yoshdagi bolalar va 10-14 yoshdagi bolalar.

    S. Qanday murojaat qilish kerak?
    J. Ishtirokchining ijodiy ishlari (skaner qilingan yoki telefon orqali sifatli suratga olingan xolatdagisi) oʻzbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida anketasi bilan birga, 2020 yil 5 maydan 30 may soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) tanlovning info@ipsd.uz elektron manziliga yoki @contest_ipsd_bot Telegram boti orqali yuborilishi mumkin.

    2. OVOZ BERISH

    S. Kim ovoz berishi mumkin?
    J. Barcha Oʻzbekiston fuqarolariga cheklovlarsiz ovoz berish huquqi beriladi. Ovoz berishning har bir qatnashchisi har bir yosh kategoriyasidagi faqat bitta rasm uchun ovoz berishi mumkin.

    3. SHARTLAR New

    S. Chizma talablari qanday?
    J. Quyidagilar taklif etiladi:

    • - A4 / A3 formatda oq-qora yoki turli ranglarda , har qanday texnikada, rangli qalamlar, bo'yoqlar, mumsimon qalamlardan foydalangan holda chizish.
    • - Skanerlangan rasmning minimal hajmi - 1 megabayt.
    • - Rasm kengaytmasi (fayl turi) - .jpg.
    • - Rasmning ravshanligi 300 dpi.

    YUKLAB OLISH

    Tanlov ishtirokchisi anketasi:

    O'zbek Ўзбек Русский Қарақалпақ English

    Rasmlar tanlovi to'g'risida to'liq ma'lumot (tilni tanlang va ko'chirib oling):

    AXBOROT XATI
    АХБОРОТ ХАТИ
    ОБЪЯВЛЕНИЕ
    ХАБАРЛАНДАРЫЎ ХАТЫ
    ANNOUNCEMENT

    Qoshimcha malumotlar:

    Что такое государственные услуги?
    Давлат хизматлари нима?
    ALOQA UCHUN MA'LUMOT

    Manzil:

    Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 14

    Biz bilan boglanish:

    info@ipsd.uz - Elektron manzil.

    @contest_ipsd_bot - Telegram bot.

    www.contest.ipsd.uz - Veb Sayt.